Guliston shahrida "Sirdaryo viloyatida biznes qiling" shiori ostida investitsiya forumi o'tkazildi
Avgust 30, 2025. 14:18 • 36 soniya
• 116
GULISTON, 30-avgust. /"Dunyo" AA/. Guliston shahrida "Sirdaryo viloyatida biznes qiling" shiori ostida investitsiya forumi o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbirda 20 dan ortiq chet el mamlakatlaridan 100 ga yaqin diplomatik korpus va xorijiy kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.
Forumda O'zbekiston tashqi ishlar vazirligining iqtisodiy diplomatiya yo'nalishidagi faoliyati taqdimoti o'tkazildi.
Iqtisodiy tadbir doirasida viloyatning investitsiya, eksport va turizm yo'nalishlaridagi salohiyati namoyish qilindi, sanoat yarmarkasi tashkil etildi, G2B va B2B formatlarida uchrashuvlar o'tkazildi. Xorijiy hamkorlar bilan qo'shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Investitsiya forumi ishtirokchilari, shuningdek, Guliston shahrida tashkil etilgan "Qovun sayli" festivalida hamda viloyat san'atkorlari ishtirokidagi gala-konsert tadbirlarida ishtirok etishdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi